Narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan yirik xalqaro jinoiy guruh qo‘lga tushdi

Narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan yirik xalqaro jinoiy guruh qo‘lga tushdi

Ispaniya huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari Marokashdan narkotik moddalar keltirish bilan shug‘ullangan yirik xalqaro jinoiy guruhni qo‘lga tushganini tasdiqladi.

Guruh taqiqlangan moddalarni O‘rta Yer dengizi orqali olib o‘tib, Yevropaga tarqatish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Marokashning MAR agentligida aytilishicha, Ispaniya va Marokash xavfsizlik kuchlari hamkorligida o‘tkazilgan maxsus tadbirda jinoyatchilardan 800 kilogramm marixuana olib qo‘yilgan va guruhning 7 nafar a’zosi hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!