Naqd pulga bo‘lgan talab nega oshmoqda?

A A A
Naqd pulga bo‘lgan talab nega oshmoqda?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan so‘nggi oylarda respublikamizda naqd pulga bo‘lgan talab oshishiga sabab bo‘layotgan omillar tahlil qilindi.

Naqd pulga talabning o‘zgarishiga uzoq muddatli omillar bilan bir qatorda mavsumiy iqtisodiy faollikning oshishi, chet eldan pul o‘tkazmalari miqdori, valyuta kurslari hamda bank depozit foiz stavkalari ta’sir ko‘rsatadi.

1. Mavsumiy iqtisodiy faollikning oshishi
2017-2022 yillar davomida muomaladagi naqd pul miqdori 13,2 trln. so‘mdan 36,9 trln. so‘mgacha (01.06.2022 yil holatiga) oshib, 2,8 barobarga ko‘paydi. Buni asosan iqtisodiy o‘sish, demografik o‘zgarishlar va moliya sektorining rivojlanishi (bankomatlar, to‘lov terminallari) kabi uzoq muddatli omillar bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, 2017 yildan oldingi yillarda naqd pul taqchilligi sababli vujudga kelgan “kechiktirilgan” talabning qondirilishi muomaladagi naqd pul miqdorining sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ldi. Ushbu omillardan tashqari mavsumiy omillar ham mavjudki, ular naqd pulga bo‘lgan talabning oshishiga yoki kamayishiga sabab bo‘ladi.

Muomaladagi naqd pullar o‘zgarishi

Naqd pulga bo‘lgan talab nega oshmoqda?
1-rasmda ko‘rinib turganidek, 2017 yildan boshlab pul-kredit sohasida islohotlar boshlanishi bilan naqd pulga bo‘lgan talab o‘zgarishida mavsumiylik kuzatila boshlandi. Yilning aprel-may oylaridan boshlab, noyabr oyiga qadar aholining naqd pulga talabi oshadi. Bu esa mazkur davrda aholining iqtisodiy faolligi jadallashishidan dalolat beradi. Misol uchun, mazkur davrda to‘y va marosimlar sonining ko‘payishi, qurilish ishlarining tezlashishi, yozgi pishiqchilik, dam olish va ular bilan bog‘liq xarajatlarning katta qismi naqd pulda amalga oshirilishi aholining naqd pulga bo‘lgan talabiga mavsumiy bosim ko‘rsatadi.

Odatda oy boshida daromad olgan shaxs daromadining bir qismini bir muddat naqd pul ko‘rinishida yoki yuqori foizli depozitlar (obligasiyalar) ko‘rinishida saqlashi mumkin. Bundan tashqari, oy boshida olingan daromad shu davr mobaynida teng ravishda sarflanishi mumkin. Shuning uchun, naqd pulga bo‘lgan talabga ish haqi to‘lanadigan sana va iste’molchilarning sarf-xarajatlari ta’sir qiladi, bu “oy ichidagi effekt” deyiladi (Baumol-Tobin modeli). Shuningdek, naqd pulga bo‘lgan talabga mavsumiy ravishda bayram va dam olish kunlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Qurbon hayiti davomida naqd pulga talabning oshishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

2. Chet eldan pul o‘tkazmalari va valyuta kursi o‘zgarishi

Chet eldan pul o‘tkazmalari va ushbu valyutalarni so‘mga almashtirish aholi qo‘lidagi naqd pullar miqdorini oshishiga sabab bo‘ladi. 2021 yilda O‘zbekistonga 8,1 mlrd. AQSh dollari miqdorida valyuta mablag‘lari jo‘natilgan edi. Joriy yilning 5 oyida pul o‘tkazmalari hajmi 4,19 mlrd AQSh dollariga yetib, 2021 yilning 5 oyiga (2,61 mlrd AQSh dollari) nisbatan 61 foizga (1,58 mlrd AQSh dollariga) oshdi.

2022 yil 24 martidan boshlab dollar kursining tusha boshlashi bilan aholining valyuta jamg‘armalarini so‘mga almashtirish bo‘yicha transaksiyalari soni ortib bordi. Joriy yilning yanvar-may oylarida banklar tomonidan jismoniy shaxslardan 4,32 mlrd AQSh dollari miqdorida xorijiy valyuta sotib olindi va bu o‘tgan yilning mos davridagiga (2,72 mlrd AQSh dollari) nisbatan 59 foiz ko‘p hisoblanadi. Bu esa ma’lum darajada muomaladagi naqd pullar miqdorining mart oyida 1,9 trln. so‘mga, aprel oyida 5,3 trln. so‘mga, may oyida 3,7 trln. so‘mga ko‘payishiga olib keldi.

Ushbu tendensiya shundan dalolat beradiki, uzoq muddatda naqd pulga talab va valyuta kursi o‘rtasida teskari aloqa mavjud. Ya’ni milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qadrining mustahkamlanishi yoki barqarorligini saqlab turishi dollarlashuv darajasini kamaytirib, milliy valyutaga bo‘lgan talabni oshiradi.

So‘mning 1 AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi
Naqd pulga bo‘lgan talab nega oshmoqda?
3. Dollarlashuv darajasining kamayishi
Dollarlashuv milliy valyuta bilan bir qatorda biror bir xorijiy valyutadan to‘lov vositasi, hisob birligi va qiymatni saqlash vositasi sifatida foydalanish deb ta’riflanadi. Katta hajmdagi oldi-sotdi operasiyalarini (uy-joy, mashina oldi-sotdisi) xorijiy valyutada (AQSh dollari, yevro) amalga oshirilganda, o‘z-o‘zidan milliy valyutaga talab kamayadi.

Shu bois, aholi tomonidan xorijiy valyutalar sotuvi hajmining ortishi va pirovardida muomaladagi naqd pullarning ko‘payishi mamlakatda dollarlashuv darajasining kamayotganidan ham dalolat beradi. Boshqacha aytganda, ichki valyuta bozorida so‘mning AQSh dollariga nisbatan qadrining oshishi ortidan aholining ko‘pchiligi valyutadagi jamg‘armalarini milliy valyutaga o‘tkazishni afzal ko‘ra boshlashdi. Valyuta kursi barqarorligi saqlanib turgan bir sharoitda 2022 yil 15 iyuldan 200 000 so‘mlik banknotalarining muomalaga chiqarilishi katta hajmdagi naqd hisob-kitoblarni osonlashtirib, dollarlashuv darajasini yanada kamayishiga xizmat qilishi mumkin.

4. Naqd pul ulushi kamayishi

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, muomaladagi naqd pullar hajmi sezilarli darajada ko‘payganiga qaramasdan, uning keng ma’nodagi pul massasi (M2) tarkibidagi ulushi kamaymoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2017 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra 31,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning 1 iyuniga kelib 23 foizgacha kamaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar shundan dalolat beradiki, aholi va tadbirkorlik vakillari o‘rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblar soni ham, hajmi ham ortib bormoqda.

Keng ma’nodagi pul massasi tarkibining o‘zgarishi

Naqd pulga bo‘lgan talab nega oshmoqda?

Chunki, so‘nggi 4 yilda muomaladagi bank kartalari soni 1,7 barobarga (01.06.2018 yil holatiga 17,5 mln donadan 01.06.2022 yil holatiga 29,4 mln. donaga), o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 1,8 barobarga (241 mingtadan 433,2 mingtaga), o‘rnatilgan bankomat va infokioskalar soni 2,7 barobarga (6,1 mingdan 16,7 mingga) oshdi. 2022 yil yanvar-may oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar hajmi 58,2 trln. so‘mga yetdi va 2021 yilning mos davriga (39,9 trln. so‘m) nisbatan 1,5 barobarga (2018 yilning yanvar-may oylariga (23 trln. so‘m) nisbatan 2,5 barobarga) oshdi.

Xulosa qilib aytganda, so‘nggi oylarda naqd pulga bo‘lgan talabning ortishi mavsumiy xarakterga ega va ushbu tendensiya noyabr oyidan boshlab kamaya boshlaydi. Hozir muomaladagi naqd pullar hajmining ortishiga mavsumiy iqtisodiy faollik bilan birgalikda chet eldan pul o‘tkazmalarining oshishi, valyuta kursining barqarorlashuvi va dollarlashuv darajasining kamayotgani ta’sir ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.