Namanganda yashirin sex fosh bo‘ldi

Namanganda yashirin sex fosh bo‘ldi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan A.Melixanovga tegishli sexdan 86 million 330 ming so‘mlik mahsulot daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi xabarida keltirilishicha, A.Melixanov tomonidan Kosonsoy shahri, Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan, fuqaro YU.Dadaxodjayevga tegishli bo‘lgan binoni ijaraga olib, ro‘yxatdan o‘tmasdan noqonuniy ravishda 3 nafar ishchi yollab, momiq sochiq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

Nazorat tadbiri davomida qoidabuzarga tegishli 5 turdagi umumiy qiymati 86 mln. 330 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olingan.

Shuningdek, A.Melixonovga kelgusida faoliyatini qonuniylashtirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tushuntirish berildi , deyiladi soliq boshqarmasi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!