Namanganda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar pulini o‘zlashtirib kelgan 24 yoshli shaxs ushlandi

Namanganda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar pulini o‘zlashtirib kelgan 24 yoshli shaxs ushlandi

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi 26 yoshli J.A. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum shaxs tomonidan 11,5 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan yechib olinganini ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, B.J. internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!