Namanganda ruhiy kasal shaxs avtomashinani olib qochdi

Namanganda ruhiy kasal shaxs avtomashinani olib qochdi

Namangan viloyati. 2022 yil 24 sentyabr kuni soat 14:00 larda noma’lum shaxs A.Navoiy MFY hududida joylashgan istirohat bog‘i oldida bo‘la turib, shu yerda 55 yoshli YO.M.ga tegishli bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtoulovining eshiklarini ochiq va qarovsiz qoldirganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani olib qochib ketgan.

Avtoulovni topish va noma’lum shaxsni ushlash borasida olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur avtomashina Yangiqo‘rg‘on tumani Buloqboshi hududida joylashgan dala maydonida noma’lum shaxs tomonidan harakatlantirib ketayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Noma’lum shaxsning shaxsiga aniqlik tekshirilganda, u Yangiqo‘rg‘on tumani Sho‘rko‘l ko‘chasida yashovchi ruhiy kasal 30 yoshli K.M. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!