Namanganda qo‘g‘irchoq teatri o‘z faoliyatini boshladi

Namanganda qo‘g‘irchoq teatri o‘z faoliyatini boshladi

Prezidentimiz tomonidan ma’naviyat va madaniyat sohasiga qaratilayotgan e’tibor na’munasi – Namangan shahrida madaniyat maskanlari soni yana bittaga ko‘paydi.

Foydalanishga topshirilgan viloyat qo‘g‘irchoq teatrining ochilishi chinakam tantana tusini oldi. Unda poytaxtdan va qo‘shni viloyatlardan kelgan mehmonlar, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdilar.

Taqdimotda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashib, keyingi yillarda sohaga qaratilayotgan e’tibor, xususan, Namangan tarixida ilk bor tashkil etilgan qo‘g‘irchoq teatrining ahamiyatiga to‘xtaldi.

Bayramona tusda o‘tgan ochilish marosimida yosh iste’dodlarning teatrlashtirilgan ko‘rinishlari, quvnoq raqslari, ayniqsa, norinlik polvonlarning chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi.

Ramziy lenta qirqilib, yig‘ilganlar yangi teatr binosidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlash joiz, mazkur qurilish va jihozlash ishlariga Davlat byudjetidan 18 mlrd. 800 mln. so‘m mablag‘ sarflanib, zamonaviy qo‘g‘irchoq teatri binosi bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.

Mehmonlarga yangi teatrda ilk sahna asari - Iqbol Mirzo qalamiga mansub “Alisher Navoiy va Husaynning yoshligi” spektakli namoyish etildi.

Tadbirda Respublika Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida: shu kunga qadar Namangan viloyatida 47 ta madaniyat markazlari zamonaviy ta’mirdan chiqarilib, xalqimizga madaniy xizmat ko‘rsatish uchun xizmat qilib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!