Eron hujumlari Yaqin Sharqqa qanday zarar yetkazdi?
Eron dron va raketa hujumlari natijasida Yaqin Sharqdagi kamida 17 ta amerikalik harbiy, diplomatik va havo hujumidan mudofaa ob’ektlari zarar ko‘rdi. Bu hujumlar Isroil va AQSh tomonidan Eronga qarshi boshlangan qo‘shma amaliyotlar boshlanganidan beri amalga oshirilgan.
Bu haqda The New York Times o‘z ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra:
-
zarar ko‘rgan ob’ektlarning kamida 11 tasi harbiy bazalar yoki harbiy inshootlar;
-
bu esa mintaqadagi AQSh harbiy ob’ektlarining qariyb yarmini tashkil qiladi.
Eng katta zararlar
Havo hujumidan mudofaa tizimlari eng qimmat yo‘qotishlardan biri bo‘lgan. Sputnik suratlari Qatar dagi Umm Daxal hududida joylashgan erta ogohlantiruvchi radiolokasiya stansiyasi shikastlanganini ko‘rsatgan. Uning qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lib, 4800 km radiusni qamrab olishga mo‘ljallangan.
Shuningdek, tahlillarga ko‘ra Eron THAAD (Terminal High Altitude Area Defense) raketaga qarshi mudofaa tizimining ayrim qismlarini ham nishonga olgan.
Bahrayndagi zarba
Bahrayn da joylashgan AQSh dengiz kuchlarining Beshinchi floti shtabiga 28 fevral kuni berilgan zarba taxminan 200 million dollarlik zarar yetkazgan. Bu haqda Pentagon baholashlariga tayanib Kongress vakili gazetaga ma’lum qilgan.
Diplomatik ob’ektlar ham nishon bo‘lgan
Eron hujumlari natijasida AQSh diplomatik muassasalari ham xavf ostida qolgan. Shu sababli:
-
Dubay dagi konsullik vaqtincha yopilgan;
-
Kuvayt va Er‑Riyod dagi elchixonalar ham vaqtincha yopilgan.
Bu hujumlarda jabrlanganlar bo‘lmagan.
AQSh rasmiylarining bahosi
Amerikalik amaldorlar ta’kidlashicha, hujumlar shuni ko‘rsatdiki, Eron urushga ko‘pchilik kutgandan ko‘ra yaxshiroq tayyorlangan. Ayrimlar fikricha, bu holat Donald Tramp ma’muriyatida ham kutilmagan darajada bo‘lgan.
