Namanganda qahvaxonada qotillik sodir etgan «razborshik» 20 yilga qamaldi

Namanganda qahvaxonada qotillik sodir etgan «razborshik» 20 yilga qamaldi

Namangan shahrining Go‘zal dahasida joylashgan Barlos qahvaxonasi yaqinida 2018 yil 27 oktyabrda qotillik jinoyati sodir etilgandi.

Daryo ning yozishicha, shu kuni mahalliy razborshik hisoblanadigan 24 yoshli N.K. qahvaxonda ikki yigit bilan mojaroga boradi va tashqariga chiqqanda ulardan birining yuragiga pichoq uradi. 21 yashar J.J voqea joyida halok bo‘ladi, uning sherigi esa qornidan yaralanadi.

Qotil qo‘lga olingan va mazkur holat bo‘yicha JKning 97-moddasi ( Qasddan qotillik ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqqan Jinoiy ishlar bo‘yicha Namangan viloyat sudining sudyasi Azamat G‘afforovning Daryo ga ma’lum qilishicha, N.K muqaddam 6 marotaba sudlangan bo‘lib, jinoyatlarning deyarli barchasi bezorilik, og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Sud jarayonida N.K. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi l bandi, 25,97-moddasi 2-qismi a,l bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlab, jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!