Namanganda 23 yoshli yigit shifokor ayolning yuziga kislota sepdi

Namanganda 23 yoshli yigit shifokor ayolning yuziga kislota sepdi

IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021 yil 9 iyul kuni Namangan viloyati Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan ayol soat 22:30 larda xususiy shifoxonada navbatchilik qilib turgan vaqtida Murodjon ismli tanishi u bilan ko‘rishib, gaplashib olish maqsadida uning oldiga kelgan.

Shundan so‘ng, ular o‘zaro gaplashib o‘tirgan vaqtida Murodjon ayolni bo‘ynidan bo‘g‘ib, undan pul yoki boshqa moddiy qimmatlikdaki buyumlarni berishini talab qilgan.

Shuningdek, uning yuzga polietilen idishda bo‘lgan suyuqlikni sepib, ayolning bo‘ynidagi 3 mln so‘mlik zanjir, qulog‘idagi 4,5 mln so‘mlik zirak hamda 4,5 mln so‘mlik Huawei telefonini bosqinchilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan ketgan.

Qayd etilishicha, ayol badan, chap ko‘z, og‘iz, lab va yuz terisi kuyishi tarzidagi tan jarohatlari olgan.

Olib borilgan surishtiruvga ko‘ra, ushbu jinoyatni Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan N.Murodjon sodir etganligi aniqlanib, jabrlanuvchi tomonidan tanib olingan hamda daliliy ashyo — ayollar zanjiri, ziragi va Huawei telefoni olingan.

Ushbu holat bo‘yicha 2021 yil 10 iyul kuni JKning 164-moddasi (bosqinchilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!