Afsus! Namanganda 2 oylik chaqaloq ham koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Afsus! Namanganda 2 oylik chaqaloq ham koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Turkiya orqali Umra safariga borib kelgan ayol va uning turmush o‘rtog‘i Namanganga qaytgach, uyga mehmon chaqirib, ehson qiladi. Hozir ana shu oilaviy tadbir qatnashchilaridan 23 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga davolanish uchun yotqizilgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, kasallikka chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq — ayolning nabirasi ham bor. Chaqaloqning onasi topshirgan tahlil natijalari infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.

Shu tadbirda ishtirok etgan qo‘shnining ikki nafar farzandi ham virus yuqtirib oladi. Ular 19 mart kuni Namangan shahridagi tantanalar majmualaridan birida o‘tkazilgan to‘yda kuyovjo‘ra sifatida qatnashadi. Oqibatda to‘y egalari va to‘yga kelgan mehmonlardan 13 nafariga virus yuqishiga sababchi bo‘ladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!