Nahotki! Plastik bo‘laklari Yerning eng baland nuqtasigacha yetib bordi

Nahotki! Plastik bo‘laklari Yerning eng baland nuqtasigacha yetib bordi

Britaniyalik olimlar Yerning eng yuqori nuqtasi – «Everest» cho‘qqisidan ham kichik plastiklar topishdi.

Bu haqda “newscientist.com”  xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, cho‘qqidan topilgan mikroplastiklarning aksariyati kiyim va jihozlar tayyorlanadigan moddalar bo‘lib chiqdi.

“Insonning 20 daqiqa atrofni aylanib yurishi, kiyimlarini yuvishi yoki plastik idishdan foydalanishining o‘ziyoq  atrofga kichik plastiklarni tarqatadi”, deyiladi xabarda.

Oldinroq plastik bo‘lakchalari Yerning eng past nuqtasi – Tinch okeanidagi Mariana botig‘ida ham aniqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!