Nahotki?! Oq uy xodimlari saylovlarda Jo Baydenga yashirincha yordam beryaptimi?

Nahotki?! Oq uy xodimlari saylovlarda Jo Baydenga yashirincha yordam beryaptimi?

Oq uyning Trampga yaqin o‘nlab xodimlari prezident lavozimiga nomzod Jo Baydenning saylovoldi shtabi vakillari bilan yashirincha hamkorlik qilayotgani ma’lum qilindi. Ular raqib tomon vakillari bilan Bayden saylovlarda g‘alaba qozonsa, unga hokimiyatning topshirilishi sxemasi ustida ishlashmoqda.

SNN telekanalining xabar berishicha, Oq uy xodimlari apparati rahbari Mark Medouz va Trampning Oq uydagi siyosiy muvofiqlashuv uchun mas’ul yordamchisi Kristofer Liddel bir necha oydan beri Baydenning saylov shtabi bilan hamkorlik qilmoqda.

Bu hamkorlikdan maqsad esa hokimiyatning davlat apparatiga maksimal darajada bezarar topshirilishidir. 

Baydenning vakillari Tramp bilan bahslashishi mumkinligini hisobga olib, voqealarning eng yomon rivojiga ham tayyorlanishmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Baydenning o‘tish jamoasi kamida 150 kishidan iborat va u saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, inaugurasiyasigacha 300 kishiga yetadi. Bu jamoadagi odamlar masofadan ishlamoqda, biroq ular haqiqatda AQSh moliya vazirligida joylashgan. Ularning vazifalariga hukumat tarkibida xodimlar o‘zgartirilishini amalga oshirish, u yoki bu lavozimlarga nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish, Baydenning prezident lavozimiga kirishganidan keyingi ilk farmonlari loyihasini tayyorlash kiradi.
     
Ta’kidlanishicha, Bayden bu faoliyatning barcha tomonlaridan xabardor, biroq irimchiligi sababli g‘alaba qozonganiga amin bo‘lmaguncha, hech qanday qarorlar qabul qilmoqchi emas. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!