Nahotki?! Oq uy Baydenga maxfiy razvedka ma’lumotlarini berishni boshladi

Nahotki?! Oq uy Baydenga maxfiy razvedka ma’lumotlarini berishni boshladi

Oq uy yaqinda AQSh prezidenti lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan demokrat Jo Baydenga har kuni davlat rahbarining stoliga tushadigan hisobotlarni taqdim etishga ruxsat berdi. Ularga maxfiy razvedka hisobotlari ham kiradi, deb xabar beradi «TASS».

Agentlikning ta’kidlashicha, bu Baydenga butun dunyo bo‘ylab AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy razvedka ma’lumotlaridan xabardor bo‘lish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden Amerika dushmanga qarshi chiqishga tayyorligini va ittifoqchilarni rad etmasligini, shuningdek o‘z qadriyatlarini himoya qilishini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!