Mutaxassislar: Urush tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘lgan ukrainaliklarning 60 foizi ishsiz qoldi

Mutaxassislar: Urush tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘lgan ukrainaliklarning 60 foizi ishsiz qoldi

Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT) vakili Varvara Jluktenkoning aytishicha, Ukraina aholisining 15 foizi yoki 6,6 million kishi urush tufayli o‘z uylarini tashlab, mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chib ketishgan.

Iyun oyining oxiriga nisbatan bu ko‘rsatkich qariyb 300 ming kishiga oshgan. Ko‘pincha odamlar Ukrainaning janubi, shimoli va sharqidan ketishadi.

Shu bilan birga, XMT ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari o‘z turar joylarini tark etgan 5,5 million kishi allaqachon uylariga qaytgan, ularning 16 foizi xorijdan qaytgan.

Odamlar asosan ish yo‘qligi sababli uylariga qaytadilar.

XMT statistik ma’lumotlariga ko‘ra, majburiy ko‘chirishdan oldin ish joyi bo‘lganlarning 60% ishdan ayrilgan.

Mamlakat ichkarisida ko‘chib kelganlarning deyarli har o‘ndan biri urush boshlanganidan beri daromadga ega bo‘lmagan, yana uchdan bir qismi urush boshlangandan beri ularning oilaviy daromadi 5 ming grivnadan (taxminan 135 dollar) ko‘p bo‘lmaganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!