Musulmonlar Saratov shahrining markazida sovg‘alar ulashishdi

Musulmonlar Saratov shahrining markazida sovg‘alar ulashishdi

Saratov shahrining markazida xayriya aksiyasi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda ansar.ru nashri.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan oylari (Robi’ul-avval oyi) munosabati bilan “Turon” mintaqaviy jamoat tashkiloti tomonidan Saratov shahri aholisi va mehmonlariga shirinliklar ulashildi.
Bu xayriya aksiyasi “Turon” mintaqaviy jamoat tashkilotining tashabbusi bilan ketma ket ikkinchi yil o‘tkazilmoqda.

Tashkilot a’zolari odamlarga ularning millati va dinidan qat’iy nazar shirinlik va xurmolar tarqatishdi. Saratov shahri aholisi va mehmonlari “U – olamlarga rahmat” nomli xayriya aksiya Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan oylariga to‘g‘ri kelganligidan hayratlanishdi.

Kattalar va kichiklar, talabalar va nafaqaxo‘rlar, bir so‘z bilan aytganda barcha sovg‘a olgan insonlar mamnun bo‘lishdi va “Turon” tashkiloti a’zolariga ajoyib sovg‘alar uchun rahmat aytishdi.

Ularning ko‘pchiligi Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqida bilgan va o‘qiganlar bo‘lgan. Shuningdek, ularning ko‘plarida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga nisbatan ham qiziqish uyg‘ongan.

Bir soatdan kam vaqt davomida 500 ta qutida sovg‘alar tarqatildi.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘zlari xurmoning foydalari haqida aytganlari uchun ham xurmo tanlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!