Musulmon o‘qituvchi ayollar bilan ko‘rishmagani uchun ishdan haydaldi

Musulmon o‘qituvchi ayollar bilan ko‘rishmagani uchun ishdan haydaldi

Norvegiya poytaxti Oslo shahrida musulmon erkak o‘qituvchi, hamkasaba ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishmagani uchun ishdan haydaldi. Musulmon o‘qituvchi ishlaydigan Ekeberg maktabi direktori Bente Alfxeymning ta’kidlashicha, o‘quv muassasasidagi ayollar har safar muallimni ular bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortganini aytishgan. Har safar ayollar musulmon muallimga ko‘rishish uchun qo‘l cho‘zishganida u qo‘llarni silkimagan va harakatlari hurmatsizlik tufayli emas, balki Islom dinining talabi ekanligini tushuntirgan.

Hozirda qaysi dinda bo‘lishidan qat’iy nazar mamlakatdagi barcha huquq himoyachilari musulmon o‘qituvchining himoyasiga otlanishgan. “Jamiyatdagi kamsitilishlarga qarshi tashkiloti” boshqaruvchisi Odvar de Leon bu haqda shunday deydi: “Ishdan chetlatishga faqatgina, diniy ibodatlari kasbiy faoliyatini bajarishga to‘sqinlik qilgan holatlarda ruxsat beriladi. Bu esa – umuman boshqacha vaziyat”.

Payg‘ambarimiz alayhissalom nomahram ayollarning qo‘lini ushlashlik haqida shunday deganlar: “Kishining boshiga qoziq qoqilganda tortadigan azobi, begona ayolning qo‘lini ushlash azobidan yengilroqdir”. (Bayhaqiy rivoyati)

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!