«Muruvvat» internat uylari «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi

«Muruvvat» internat uylari «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, shuningdek, bu sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, ehtiyojmand fuqarolarga davlat ko‘magini manzilli va shaffof tarzda yetkazish, xizmatlarni raqamlashtirish hamda ularni proaktiv shaklda taqdim etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar, nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalar, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Taqdimotda ruhiy holatida buzilishlari mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, bu borada asosiy maqsad – ularning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirokini ta’minlash, oila muhitiga yaqin sharoitda kompleks xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, parvarish bilan band bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Xususan, 2026 yil 1 iyunga qadar 0-3 yoshda rivojlanishida nuqsonlar aniqlangan bolalar uchun ilk bor «Erta aralashuv» xizmati bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ushbu xizmat orqali maxsus pedagoglar va davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari ishtirokida bolalarga korreksion-pedagogik yordam, nutq va jismoniy rivojlantirish mashg‘ulotlari ko‘rsatiladi. Xizmat nodavlat tashkilotlar tomonidan maxsus elektron reestr asosida yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, anatomik nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarning qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va jarrohlik xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Ruhiy holatida buzilishlari mavjud I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham 2026 yil davomida bosqichma-bosqich yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etiladi. «Yangi kun» kunduzgi qarab turish xizmati, uy sharoitida qarab turish xizmati, kichik hajmli «Madad» uyi xizmati va «Ijtimoiy ta’til» qisqa muddatli joylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu xizmatlar qarab turish va parvarish qilish, kundalik hayot ko‘nikmalarini shakllantirish, maishiy ishlarga o‘rgatish, kasb va moliyaviy hisob-kitob ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘ladi.

Mazkur yangi xizmatlar davlat-xususiy sheriklik asosida moakaga ega bo‘lgan va zarur talablarga javob beradigan nodavlat tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladi. Bu orqali 2026 yilda 8,3 ming nafar ruhiy holatida buzilishlari mavjud shaxsni yangi xizmatlar bilan qamrab olish, 600 tagacha nodavlat tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlarni ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga jalb etish rejalashtirilgan. Yangi xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya shaklida qoplab beriladi.

Shu bilan birga, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab 18 yoshdan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilgan shaxslarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakillar uchun har oylik yangi parvarishlash nafaqasi joriy etiladi.

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari vakolatlari ham kengaytiriladi. 2026 yil 1 iyundan boshlab ularning xodimlari tuman va shahar hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari tarkibiga kiritiladi. Shuningdek, ruhiy holatida buzilishlari mavjud shaxslarga tayinlangan vasiy va homiylar tomonidan majburiyatlarning bajarilishi, ushbu shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari, mol-mulkining muhofazasi, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari muntazam monitoring qilib boriladi.

Internat muassasalarini transformasiya qilishga ham alohida e’tibor qaratildi. Takliflarga ko‘ra, «Muruvvat» internat uylari bosqichma-bosqich «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi. Endi mazkur muassasalar asosan tibbiy-ijtimoiy emas, balki ijtimoiy yondashuv asosida ishlaydigan, shaxsni jamiyatga moslashtirishga qaratilgan markazlar sifatida faoliyat yuritadi. U yerda yashovchilarni sport, ijodiy, ergoterapiya, mehnat va ijtimoiy-ma’naviy terapiyaga jalb qilish, «murabbiy kuzatuvida» mustaqil yashash xizmati orqali hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, oilaviy muhitga yaqin kichik hajmli uylar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Taqdimotda ijtimoiy himoya sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan yangi tashabbuslar ham muhokama qilindi. Xususan, shaxsni nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitish uchun javobgarlikni kuchaytirish, sud qarorlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maqbul shaklda taqdim etish, ijtimoiy xizmat va kafolatlarni yagona Ijtimoiy reestr asosida manzilli yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

Kunduzgi parvarish xizmatlarini rivojlantirish ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi. 3-18 yoshgacha nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga har oyda to‘lanadigan 3 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni daromad solig‘idan, davlat-xususiy sheriklik asosida nogiron bolalarga kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni esa 2030 yilgacha soliqlardan ozod qilish ko‘zda tutilmoqda. Bugungi kunda bunday xizmatlar 396 ta tadbirkor tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular 4,4 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan bolaga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga ega toifalarni kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, I guruh nogironi bo‘lgan shaxslar va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga, shuningdek, 1941-1945 yillardagi urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga mazkur huquqni tatbiq etish taklif qilinmoqda.

Taqdimotda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi mexanizmlar ham muhokama qilindi. Xususan, ularni alohida murojaatsiz, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olish, ishga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish va natijalar bo‘yicha tezkor axborot almashish tartibini joriy etish rejalashtirilgan.

Bolalar huquqlarini himoya qilish va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlikning ayrim shakllariga qarshi kurashish sohasida ham qonunchilikni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ularga ko‘ra, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik materiallarni tarqatish maqsadida saqlaganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlikni belgilash, shu kabi huquqbuzarlik takroran sodir etilganda jinoiy javobgarlikni qo‘llash, internet va telekommunikasiya tarmoqlari orqali 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jazoni kuchaytirish nazarda tutilgan. Voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tarqatish maqsadida respublikaga olib kirganlik, bunday mahsulotni tayyorlaganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoki voyaga yetmaganni pornografik harakat ijrochisi sifatida jalb etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilish maqsadida ularning qonuniy vakili instituti joriy etilmoqda va so‘roq qilishning aniq vaqt me’yorlari belgilanmoqda.

Taqdimotda Jizzax viloyatida «islohotlar shtabi» tomonidan mahallalarning solishtirma ustunliklaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan loyihalar to‘g‘risida ham axborot berildi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy himoya sohasidagi yangi mexanizm va takliflarni ma’qullab, tegishli qonun hujjatlarini imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Chimkentda kollejlar asoschisi qamoqda o‘tirib 2,8 million dollar o‘g‘irladi

Бу ҳақда Қозоғистон оммавий ахборот воситалари хабар бермоқда.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Ukraina urushi yangi xavfni ochib berdi: «Hizbulloh» Isroilga qarshi optik tolali FPV dronlar bilan hujum qilmoqda

Ливандаги «Ҳизбуллоҳ» гуруҳи Исроилга қарши ҳужумларда янги авлод ФПВ дронларидан фаол фойдаланмоқда.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.

Xalqaro jinoiy sud Isroilning bir nechta rasmiylarini hibsga olishga maxfiy order berdi

Газета маълумотларига кўра, ордерлар чекловлари остига икки нафар исроиллик сиёсатчи ва ҳарбий раҳбариятнинг икки вакили тушган бўлиши мумкин.

Zelenskiy devonining sobiq rahbari Andrey Yermak $3,1 mln garov evaziga ozod qilindi

У 2025 йил ноябрь ойида тинтувлар ва “Энергоатом” билан боғлиқ коррупция можаросидан сўнг президент девони раҳбари лавозимидан озод этилган.

Qashqadaryo viloyatida tarvuz eksporti boshlandi

Қашқадарё вилоятининг Кўкдала туманида кўп йиллардан буён эрта пишар тарвуз етиштириш анъанаси давом этмоқда

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.