Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari sanasi e’lon qilindi
Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari kunlari e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestasiyasi imtihonlari kunlari e’lon qilindi. Imtihonlar jadvali quyidagicha:
9-sinf — majburiy fanlar:
Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1 iyun
Matematika — 4 iyun
O‘zbekiston tarixi — 8 iyun
Jismoniy tarbiya — 1–6 may
11-sinf — majburiy fanlar:
Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2 iyun
Matematika (asosiy / chuqurlashtirilgan) — 5 iyun
O‘zbekiston tarixi — 9 iyun
11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):
Fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat huquq asoslari, ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), tet tili — 12 iyun va 15 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
(O‘quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15 iyunda o‘tkaziladi)
