AQSh Eronga yadroviy qurol ishlab chiqarishdan so‘zsiz voz kechish evaziga boshqa imkoniyatni taklif qilmoqda
AQSh Eronga yadroviy qurol ishlab chiqarishdan so‘zsiz voz kechish evaziga "global iqtisodiyotning bir qismiga aylanish" imkoniyatini taklif qilmoqda.
AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens bu haqda Jorjiya shtati universitetida bo‘lib o‘tgan forumda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
"Aynan u Eronga taklif qilayotgan almashinuv", dedi Vens prezident Donald Trampga ishora qilib. "Biz muzokaralarni davom ettirish va ushbu rejani amalga oshirish niyatidamiz, chunki bu dunyo, mamlakatimiz uchun, hamma uchun ajoyib natija bo‘ladi. Shuning uchun men buni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni qilaman".
Vensning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Tehron bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida va Eron tomoni kelishuvga erishishdan manfaatdor deb hisoblaydi.
"Bu masala bir kechada hal qilinmaydi. Lekin ha, men muzokaralar stolidagi suhbatdoshlarimiz kelishuvga erishishga sodiq ekanliklariga ishonaman. Va men bilamanki, Qo‘shma Shtatlar prezidenti bizga vijdonan muloqot qilishni buyurgan. Biz shunday qildik. Biz kelajakda shunday qilishni niyat qilganmiz", dedi Vens.
Shu bilan birga, AQSh vise-prezidenti Pokistonda Eron bilan muzokaralarda "sezilarli yutuqlarga" erishilganiga ishonadi.
