Muqaddas Rayhonning egizaklari bilan farzandlarini uchrashtiradimi?

Muqaddas Rayhonning egizaklari bilan farzandlarini uchrashtiradimi?

Taniqli aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva o‘zining “Instagram" sahifasida obunachilarning savollariga javob berdi. Ijodkorning muxlislari unga nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayotiga oid savollar berishgan.

Obunachilardan biri aktrisadan “Yigitali Mamajonovni Rayhondan rashk qilasizmi?” deb so‘ragan. Muqaddas Sa’dullayeva esa bu savolga “Men Rayhonni hurmat qilaman. Oldin ham hurmat qilganman. Hurmatim o‘zgarmagan. Ular ham o‘z oilalari, turmush o‘rtoqlari bilan baxtli, biz ham. Qizg‘anishga asos yo‘q! Alloh hammani o‘z jufti bilan baxtli qilsin. Nima bo‘lganda ham Yaratgan buyurgan taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi” deb javob bergan.

Shuningdek, aktrisa kelgusida farzandlari Rayhonning egizaklari bilan ko‘rishishlaridan umidvor ekani, egizaklarni juda yaxshi ko‘rishi, aka-ukalar, opa-singillar tez orada uchrashishlari haqida aytib o‘tgan. Ijodkor shu mazmundagi savolga “Etni tirnoqdan ajratib bo‘lmaydi, jigarlarni ham”, deya javob qoldirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!