Mo‘’jiza! 5-qavatdan pastga qulagan go‘dak tirik qoldi

Mo‘’jiza! 5-qavatdan pastga qulagan go‘dak tirik qoldi

Rossiyaning Kirov shahrida bir yarim yoshli bola falokatga uchradi. Ma’lumotga ko‘ra, erta tongda bolakay turar-joy binosining beshinchi qavatidagi derazadan tushib ketgan.

Bola tirik qoldi. U jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Tergovchilar bolaning deraza tokchasiga chiqqanini va ochiq derazadagi to‘rga suyanishi natijasida tushib ketganini aniqladilar. Voqea sodir bo‘lgan paytda kattalar uyda bo‘lgan.

Ayni damda voqea yuzasidan tekshirish davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!