Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga e’tiroz bildirdi

A A A
Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga e’tiroz bildirdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi kuni kecha Davlat xaridlari sohasida qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalarini e’lon qilgandi. Unda Mudofaa vazirligi tizimiga oid ma’lumotlar ham keltirilgandi.

Agentlikning xabarida Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat xaridlari sohasida qonun talablariga rioya qilinishida xato va kamchiliklar mavjudligi bayon etilgan.

Mudofaa vazirligi mazkur ma’lumotni rad etdi.

Qayd etilishicha, ushbu holatlar Mudofaa vazirligi budjet mablag‘lariga aloqasi bo‘lmagan Harbiy savdo korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan iborat ekanligi aniqlangan.

E’tiborlisi, vazirlik Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’lumotini asoslanmagan deb, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!