Mourinyo APLning hozirgi eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

Mourinyo APLning hozirgi eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourinyo APLning 9-turi doirasidagi «Chelsi»ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa hujumchisi Eden Azarning o‘zi bilan bog‘liq fikrlariga munosabat bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta belgiyalik futbolchi o‘z intervyularidan birida portugaliyalik murabbiyning «ko‘klar» boshqaruvidagi faoliyatini yodga olgan edi.

«Agar hozir mendan kim bilan yana takror ishlashni istaysan, deb so‘rashganida, Mourinyo degan bo‘lardim», - deb aytgan edi Azar.

55 yoshli mutaxassis kecha London klubiga qarshi Stemford-Brijdagi o‘yindan oldin jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lib, sobiq shogirdining bu fikrlariga munosabatini bayon etdi.

«Azarni «Manchester Yunayted»da ko‘rishdan juda mamnun bo‘lgan bo‘lardim, ammo «Chelsi» uni sotib yuboradi, deb o‘ylamayman. Shunday ekan, hozir bu masala kun tartibida emas. Bu klubda futbolni yaxshi tushunadigan aqlli rahbarlar ish olib boradi, ular Azarni bizga sotishga hech qachon rozi bo‘lishmaydi.

Eden bilan iliq munosabatda bo‘lganmiz. U Premyer-ligada eng yaxshi o‘yinchi, «Chelsi» esa chempion bo‘lgan edi.

Men Azarni hamon APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb hisoblayman. Modomiki, u ligada eng yaxshi futbolchi bo‘lib qolayotgan ekan, demak «Chelsi» ham eng yaxshi klublardan biridir», - deya ta’kidladi Mourinyo.

9-turni ochib beruvchi «Chelsi» - «MYu» uchrashuvi bugun tushda, mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da boshlanadi (Toshkentda 16:30).

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!