Moskvadagi qurilishda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ommaviy janjallashdi

Moskvadagi qurilishda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ommaviy janjallashdi

Moskvadagi turar joy majmuasi qurilishida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda BAZA xabar berdi.

Hodisa 18 mart kuni tongda yuz bergan, “Ostrov” turar joy majmuasining ellikdan ortiq ishchisi armatura va bolg‘a bilan ommaviy mushtlashuv uyushtirgan. Nizoga quruvchilarning oshxonaga tashrif buyurish vaqtini kelisha olmagani sabab bo‘lgan. Xususan, O‘zbekiston fuqarolari tojikistonlik hamkasblaridan oldin ovqatlanishni xohlagani, biroq ular ham xuddi shunday bo‘lishini istagani ta’kidlangan.

Oqibatda ular o‘rtasida mushtlashuv boshlangan. Janjalda ishtirok etgan ayrimlar boshidan jarohat olgani, reanimasiyaga olib ketilgani aytilmoqda. Mushtashuv ishtirokchilarining aksariyati polisiyaga olib ketilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!