Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan

Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahrida mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv aks etgan videolar tarqalmoqda.

Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi xodimlari mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda voqea joyiga borib, Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!