Moskvada o‘zbekistonlik migrant vafot etdi

Moskvada o‘zbekistonlik migrant vafot etdi

Moskva shahrida o‘zbekistonlik mehnat migrantining polisiya tomonidan hujjatlarini tekshirish vaqtida vafot etgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu xabar yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan ushbu holat o‘rganilishi natijasida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro O.O. sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Botkina nomidagi shahar shifoxonasiga joylashtirilgan. Shifoxona xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan, u vafot etgan, deyiladi xabarda.

Polisiya xodimlari tomonidan hujjatlarini tekshirish natijasida uning vafot etgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmagan. Joriy yilning 25 may kuni ushbu vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!