Moskvada KFCning o‘rnini Rostic's egallaydi

Moskvada KFCning o‘rnini Rostic's egallaydi

Moskvada KFC restoranlaridan KFC belgilari olib tashlana boshladi. Endi ularning o‘rnini Rostic's egallaydi.

KFC brendining egasi Ukrainadagi urush tufayli franshizaning huquqlarini sotdi. Umuman olganda, Rossiyada mingga yaqin KFC restoranlari mavjud.

Rostic's brendiga Rossiyada 1993 yilda asos solingan. Bu franshiza ham KFC ga o‘xshab qovurilgan tovuqli taomlarni taklif qiladi. Amerika korporasiyasi Rossiya bozoriga kirganidan so‘ng, u ushbu brendga bo‘lgan huquqlarni sotib olgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!