Moskva yaqinidagi avtoservisda katta yong‘in sodir bo‘ldi (VIDEO)

Moskva yaqinidagi avtoservisda katta yong‘in sodir bo‘ldi (VIDEO)

Moskva yaqinidagi sanoat zonasida joylashgan avtoservis hududidagi bino yonib ketdi. Olov 1400 kvadrat metr maydonni qamrab oldi, deb xabar beradi "Interfaks" axborot manbasiga asoslanib.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 iyul kuni kechqurun Baypas shossesidagi omborlardan birida plastmassa yonib ketgan va yong‘in joyidan qalin tutun ko‘tarilgan. Ma’muriy binoga yong‘in tarqalishi xavfi mavjud.

Yonish bino ichida sodir bo‘ldi, yong‘in maydoni taxminan 1400 kvadrat metrni tashkil qildi. Evakuasiya amalga oshirilmadi, qurbonlar haqida ma’lumot hali taqdim etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!