Moskva viloyatida yana bir rossiyalik amaldorning jasadi topildi

Moskva viloyatida yana bir rossiyalik amaldorning jasadi  topildi

"RosvoorujeniYE"ning sobiq bosh direktori Aleksey Ogaryov Moskva yaqinidagi qishloqda o‘lik holda topilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning tanasida jinoyat alomatlari mavjud emas. Biroq o‘limning aniq sababi ekspertiza natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda", - deydi Moskva viloyati Tergov qo‘mitasi bosh boshqarmasi boshlig‘i RIA Novostiga.

"RosvoorujeniYE" kompaniyasi "Promeksport" federal davlat unitar korxonasi bilan birlashgandan so‘ng, "Rosoboroneksport"ga aylantirilib, ko‘p milliardlik aylanmaga ega bo‘lgan Rossiyaning yagona mahalliy qurol va harbiy texnika eksport-importchisiga aylangan.

Ma’lumot uchun, Ogaryov hozirgacha 1999-2000 yillarda "RosvoorujeniYE"ni boshqargan, shuningdek, Rossiyaning YEXHTdagi doimiy vakili, prezident ma’muriyati rahbari o‘rinbosari va Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari kabi lavozimlarida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!