Moskva-Buxoro samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Vnukovo aeroportiga qaytdi

Moskva-Buxoro samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Vnukovo aeroportiga qaytdi

“Azimut” aviakompaniyasining A49063 reysi bilan Moskva-Buxoro yo‘nalishida uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra Vnukovo aeroportiga qaytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Samolyot Moskva vaqti bilan soat 22:21 da Vnukovoga beshikast qo‘ndi. Yo‘lovchilarga federal aviasiya qoidalariga ko‘ra xizmat ko‘rsatiladi, jumladan, issiq taom bilan ta’minlanishadi”, - degan aviakompaniya vakili.

Samolyot bortida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularni Buxoroga aviakompaniyaning zaxiradagi havo kemasi eltib qo‘yadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!