Mosart simfoniyalari tutqanoqni davolashda samarali deb topildi

Mosart simfoniyalari tutqanoqni davolashda samarali deb topildi

Xalqaro olimlar guruhi mumtoz musiqa tinglash sog‘likka qanday ta’sir qilishini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdilar. Tajribalar davomida Mosartning fortepiano simfoniyalarini tinglash tutqanoq (epilepsiya) tutib qolish tezligini kamaytirishga yordam berishini aniqladilar.

Mosartni tinglash ruhiy salomatlikka foydali ta’sir ko‘rsatishi mumkin degan g‘oya 1990 yilning boshlarida paydo bo‘lgan. O‘shandan buyon bir nechta tadqiqotlar o‘tkazildi. Ammo ularning barchasi uncha katta bo‘lmagan odamlar guruhi bilan o‘tkazilgani uchun natijasi sezilmadi. Shuning uchun ham bu yangi ishning mualliflari tadqiqotlarni keng ko‘lamda bajarishga qaror qildilar.

Ko‘plab klinika shifokorlari “Mosart effekti”ga shubha bilan qarashdi. Tadqiqotchilar musiqaning sog‘likka ta’sir etishi bo‘yicha nashr etilgan 147 tadqiqotni tahlil qilishdi va natijada bu ishlarning sifati va dolzarbligini muhim, deb baholadilar. Va nihoyat, tadqiqotchilar 12 ta ishni tanlab olishdi. Tadqiqot davomida mutaxassislar har kuni Mosart simfoniyalarini tinglash tutqanoq tutishini sezilarli darajada pasaytirganini va shuningdek, epilepsiya bilan og‘rigan bemorlar miyasining anomal faoliyati chastotasi pasayishga olib kelganini aniqladilar. Ushbu natijalar bemor musiqani bir marta tinglaganidan keyin ham paydo bo‘ldi va bu holat unda uzoq vaqt davolanganidan keyin ham saqlanib qoldi.

Mosart musiqasi tutqanoqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Olimlarning yozishlaricha, mumtoz musiqa inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan xulosaga kelishimizga endi bizda yetarli asos bor ekan.

Eslatib o‘tamiz, tutqanoq dunyo bo‘ylab har yuz kishidan birida uchraydigan, juda keng tarqalgan kasallikdir. Bemorlarning aksariyati dorilar bilan davolanishadi. Ammo bu dorilar bemorlarning taxminan 30 foizigagina samarali ta’sir qiladi. Shuning uchun ham mutaxassislar hozirgi kunda bu kasallikni davolashning muqobil usullarini izlamoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!