Monarxiyaga qarshilar Londondagi Bukingem saroyida norozilik namoyishi o‘tkazdi

Monarxiyaga qarshi chiqqan Respublika harakati a’zolari Bukingem saroyida norozilik namoyishi uyushtirdilar.
Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Materialda ta’kidlanganidek, antimonarxistlar Bukingem saroyiga kirib, o‘zlarini sayyohlar qilib ko‘rsatishdi va Katta zalda "Mening qirolim emas" yozuvi tushirilgan futbolkalarda suratga tushishdi.
Aniqlik kiritilishicha, aksiya “bir necha soniya” davom etgan, shundan so‘ng xavfsizlik xizmati olti nafar ishtirokchini qo‘lga olib, asosiy darvozadan olib chiqib ketgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)