Monakoda qo‘lga olingan rossiyalik milliarder Moskvaga qaytdi

Monakoda qo‘lga olingan rossiyalik milliarder Moskvaga qaytdi

Polisiyadagi so‘roqdan so‘ng ozod etilgan rossiyalik milliarder Dmitriy Ribolovlev Monakoni tark etdi va Moskvaga keldi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Ribolovlev ayni paytda Moskvada bo‘lib turibdi. U garov yoki manzilni tark etmaslik haqidagi tilxat asosida emas, balki sud nazorati sharti bilan ozod qilingan. Unga Monakodan ketish tark etish man etilmagan, harakatlanishi cheklanmagan», — dedi biznesmenning vakili Dmitriy Chechkin.

Chechkin Ribolovlev Moskvaga qancha muddatga kelgani va Monakoga qaytishi yoki yo‘qligiga izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, biznesmen Monako prokuraturasi so‘rovi bilan 6 noyabr kuni hibsga olingandi. U korrupsiyada va o‘z ta’siridan foydalanganlikda gumon qilinmoqda.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!