Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
3 noyabr, yakshanba kuni Moldovada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakat fuqarolari keyingi to‘rt yilga davlat rahbarini saylaydi.
Ikkinchi turda Harakat va birdamlik partiyasidan (PAS) nomzod bo‘lgan amaldagi prezident Mayya Sandu nomzodi Moldova Respublikasi Sosialistlar partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan sobiq bosh prokuror Aleksandru Stoyanogloga qarshi chiqadi. Bu nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmadi.
Saylov uchastkalari ertalab soat 7:00 da ochildi va 21:00 gacha ishlaydi.
Respublika bo‘yicha ovoz berish uchun 2 819 996 ta byulleten tayyorlandi, yana 839,2 mingtasi xorijdagi saylov uchastkalari uchun mo‘ljallangan.
Hammasi bo‘lib 2200 dan ortiq saylov uchastkalari, jumladan, Dnestryanı o‘lkasi aholisi uchun 30 ta, Kishinyov va uning chekkasida 300 dan ortiq, xorijda 234 ta saylov uchastkalari tuzilgan.
Saylangan prezident 45 kun ichida qasamyod qiladi.
20-oktabr kuni Moldovada Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha referendum va prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Saylovchilarning 50,35 foizi respublikaning YEIga keyingi qo‘shilishi uchun Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar uchun, 49,65 foizi esa «qarshi» ovoz berdi.