Moldova tez orada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shiladi

Moldova tez orada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shiladi

Moldova tez orada Yevropa Ittifoqining Rossiya fuqarolariga qarshi sanksiyalariga qo‘shilishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda respublika Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va Yevropa integrasiyasi vaziri Nikolay Popesku aytib o‘tdi.

"Gap asosan Moldovaga kirishni taqiqlash, Ukrainaga qarshi tajovuzda qandaydir tarzda ishtirok etgan shaxslarning bank hisoblari yoki aktivlarini blokirovka qilish haqida ketmoqda", — dedi Popesku.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 10 dan ortiq rossiyalik ushbu cheklovlar ostida qoladi. Bu masala bo‘yicha qaror allaqachon qabul qilingan, ammo barcha qonuniy jarayonlarni yakunlash uchun vaqt kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!