Modrich «Real»ni tark etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Modrich «Real»ni tark etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Yarimximoyachi Luka Modrich «Real»ni tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi.

37 yoshni qarshilaydigan «Oltin to‘p» sohibi jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, mavsum yakunida Madrid klubini tark etib, sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu to‘p tepayotgan «An Nasr»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

«Mening xohishim ma’lum — «Real»da qolish. Bunga ishonaman va amalga oshishiga umid qilaman. Qolgan gaplar taxmin va mish- mish xolos.

100-marta takrorlayman: «Real»da qolishimga ishonaman», — deydi futbolchi Uelsga qarshi baxs olidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Modrich sardorlik qiladigan Xorvatiyani bugun, 25 mart kuni Yevro-2024 saralashi 1-turida Uelsga qarshi o‘yin kutib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!