Misrda timsoh mumiyalari bo‘lgan qadimiy qabr topildi

Misrda timsoh mumiyalari bo‘lgan qadimiy qabr topildi

Misrda timsoh mumiyalari bo‘lgan qadimiy qabr topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, mumiyalar Nilning g‘arbiy sohilidagi Kubbat al-Hava hududida joylashgan. Topilma miloddan avvalgi 304 yilgacha Ptolemeygacha bo‘lgan davrga tegishli.

Timsohlarning tanasi uzunligi 1,8 dan 3,5 metrgacha.

Arxeologlarning taxminiga ko‘ra, alligatorlar dastlab boshqa joyga dafn etilgan. Ehtimol, qum chuqurida. Buning natijasida ular tabiiy ravishda quritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!