Mish-mishmi yo haqiqat: prezident kasallikka chalindi

Mish-mishmi yo haqiqat: prezident kasallikka chalindi

3 iyun kuni Turkmanobodda Turkmaniston prezidenti gurbanguli Berdimuhammedovning kasalligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga qarshi harakatlarni muhokama qilish maqsadida mintaqa rahbariyati vakillari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilarga Lebap viloyati aholisi, ayniqsa, chet elda qarindoshlari bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoni bo‘lgan aholi qatlami bilan "ishlash" topshirilgan. Huquqni muhofaza qilish idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston fuqarolari bunday "nomaqbul" ma’lumotlarni xorijdagi qarindoshlari orqali olishmoqda.

 

Bundan tashqari, yig‘ilishda ayni paytda tarqatilgan mish-mishlarga qarshi odamlarning ogohligini oshirish maqsadida 800dan ortiq polisiya hamda MXX xodimlari Lebapda xizmat qilayotgani ma’lum qilingan. 

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bunday yig‘ilishlar mamlakatning yana 5 viloyatida o‘tkazilgan.

Mamlakat prezidentining kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda may oyining oxirida tarqalgan edi. 

21 may kuni tarkibida anesteziolog ham bo‘lgan turkiyalik vrachlar guruhi shoshilinch tarzda Ashxobodga uchib kelgan. Shoshilinch tibbiy yordamga kim muxtoj bo‘lib qolgani oshkor etilmadi. 

Keyinroq Turkmen Yurt TV davlat rahbarining onasi Ogulobod Berdimuhammedov og‘ir ahvolga tushib qolganini ma’lum qildi.
ca-news.org

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!