Mirziyoyev: "Yo‘l, suv, qurilish, tibbiyot, maktabgacha ta’lim sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilyapti"

Mirziyoyev: "Yo‘l,  suv,  qurilish, tibbiyot,  maktabgacha ta’lim sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilyapti"

Ayni vaqtda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha Prezident videoselektor o‘tkazmoqda.

Shavkat Mirziyoyev:

- 27 yil davomida tadbirkorlar ko‘p qiynoqlarga,  tekshiruvlarga uchragan,  qamalgandi. Bu holat meni qiynardi,  armonim bo‘lgan. Birinchi kundan boshlab odamlarni insofga chaqirib,  hamma tekshiruvlarni to‘xtatib qo‘yganimizni odamlarimiz,  tadbirkorlarimiz sezyapti. Lekin ko‘p joylarda yo‘l,  suv,  qurilish, tibbiyot,  maktabgacha ta’lim sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilyapti.  Peshona terimiz bilan mana shunday og‘ir va tahlikali zamonda, koronavirus pandemiyasi paytida iqtisodiyotimizni barqaror qilish,  bir so‘m pulni topib xalqimizga yetkazish bo‘yicha juda katta harakatlar qilyapmiz. 

... O‘zingizga (viloyat, tuman, sektor rahbarlariga qarata) savol beringlar,  shunday paytda iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash azob ekanligini tushunyapsizlarmi? 

Qonun ustuvor,  jazo muqarrar bo‘ladi!

Bugun ham (xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun) 500 million dollar ajratilyapti. Bu loyihalar ortidan necha ming yangi ish joyi tashkil qilinadi degani. Odamlarga manfaat bo‘lmagan joylarga pullarni sarflashga yo‘l qo‘yilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!