Mirziyoyev Turkiya vise-prezidentini taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yakunda Turkiya Respublikasi Vise-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)