Mirobodda fuqarolarga bo‘lib to‘lash sharti bilan uy-joy olib berishni va’da qilgan MCHJ rahbari aniqlandi

Mirobodda fuqarolarga bo‘lib to‘lash sharti bilan uy-joy olib berishni va’da qilgan MCHJ rahbari aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.H.” MCHJ rahbari M.S. Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida boshqa MCHJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli uyni go‘yoki “S.H.” MCHJ qurayotganligiga fuqarolar M. va G.ni ishontirib, ushbu uylardan 1 tadan xonadonni soxta shartnomalar tuzish orqali bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga kelishib, ularning jami 217 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!