Mirobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi...

Mirobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi...

Joriy yilning 13 fevral kuni ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda “Xizmat avtomashinasi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi” sarlavhasi ostidagi videotasvirlar e’lon qilingan edi.

Joriy yilning 12 fevral kuni soat 11:20 larda Mirobod tumani, Yangi qo‘yliq ko‘chasida, Zangiota tumanida yashovchi A.X. “Labo” rusumli transport vositasini boshqarayotib, Yuqorichirchiq tumanida yashovchi U.T. boshqaruvida bo‘lgan “Uaz” rusumli transport vositasi chorrahada, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab turgan vaqtida ortidan borib urilgan. Shundan so‘ng, S.SH. boshkaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli transport vositasi “Labo” rusumli transport vositasining ortidan urilib, to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, “Labo” rusumli transport vositasi haydovchisi A.X. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. 

Hurmatli yo‘l harakati qatnashchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!