Mineral o‘g‘itlar bozorida narx manipulyasiyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qo‘llanildi

Mineral o‘g‘itlar bozorida narx manipulyasiyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qo‘llanildi

Mineral o‘g‘itlar bozorida narx manipulyasiyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi choralar qo‘llanildi.

Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘mita tomonidan mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan “Navoiyazot” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizasiya qilinishida narx manipulyasiyalari holatlari aniqlandi.

2021-2023 yillarda mineral o‘g‘it, polivinilxlorid va formalin mahsulotlarini tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qo‘ymasligi oqibatida jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan.

Qo‘mita tomonidan “Navoiyazot” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib qonun buzilishini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!