Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiya ajratiladi

Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiya ajratiladi

“Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, “O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi (Agentlik) etib qayta nomlandi.

🔰 Farmon bilan quyidagilar belgilandi: 

● “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali ta’sis etiladi hamda 2021 yildan muntazam o‘tkazib boriladi;

● kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi;

● OTMlarning kinematografiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi;

● “Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimoti har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib boriladi;

● “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

🏢 Shuningdek, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi. 

💰 Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Agentlik tomonidan har yili 12 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratiladi.

♻️ Bundan tashqari, Markaz hujjatli va xronikal filmlar ishlab chiqarishni ochiq tanlov asosida tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!