Milliy gvardiya Humo Arena’da chiptasi borlar ham Macan konsertiga kiritilmagani yuzasidan ma’lumot berdi

Milliy gvardiya Humo Arena’da chiptasi borlar ham Macan konsertiga kiritilmagani yuzasidan ma’lumot berdi

Milliy gvardiya ijtimoiy tarmoqlarda Macan konsert dasturiga chiptasi borlar ham kiritilmagani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ommaviy tadbir o‘tkaziladigan joylar, bozorlar, savdo majmualari va kino-teatrlarda fuqarolar xavfsizligi va jamoat tartibi ta’minlanib kelinmoqda.

Xususan, 18 aprel kuni Humo Arena saroyida bo‘lib o‘tgan xonanda Macan’ning konsert dasturiga ham Milliy gvardiya xodimlari shu maqsadda jalb qilingan. Konsert chiptalar iTicket xodimlari tomonidan maxsus skaner qurilmasining QR-kodi orqali tekshirilib kiritilgan.

Ammo ba’zi bir fuqarolar qurilmani aldashga uringan va avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptasi bilan takroran kirmoqchi bo‘lgan. “O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunday chiptalarga ega bo‘lgan fuqarolar nazorat o‘tish joyidan ichkariga qo‘yilmagan”, — deyiladi xabarda.

Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari tomonidan ushbu fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va jamoat tartibi saqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!