Microsoftning kapitali 2 trillion dollardan oshdi

Microsoftning kapitali 2 trillion dollardan oshdi

Amerikalik texnologik gigant Microsoftning kapitallashuvi 2 trillion dollardan oshdi va kompaniya yana Saudi Aramconi ortda qoldirib, kapitalizasiya bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Seshanba kuni Moskva vaqti bilan soat 22:40 holatiga ko‘ra, Microsoft aksiyalari 1,1 foizga o‘sib, har bir aksiya uchun 265,52 dollarni tashkil qildi va avvalroq savdo paytida aksiya narxi har bir qimmatli qog‘oz uchun 265,79 dollarga yetdi, bu esa rekord ko‘rsatkichdir.

Biroq, kapitallashuv bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniya sifatida qiymati 2,2 trillion dollardan oshadigan Amerikaning Apple korporasiyasi bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!