MIB direktori Toshkent viloyatida sayyor qabullar o‘tkazmoqda

MIB direktori Toshkent viloyatida sayyor qabullar o‘tkazmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjayev Toshkent viloyatida sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Xususan, joriy yilning 13 may kuni Bekabod shahardagi Majburiy ijro byurosi bo‘limi binosida viloyatning Bekabod, Bo‘ka, Nurafshon va O‘rta-chirchiq tumanlari hamda Bekobod shahar aholisini, shuningdek 14 may kuni esa Ohangaron tumanida Angren, Ohangaron, Olmaliq shaharlari, Piskent hamda Ohangaron tumanlari aholisini qabul qildi.

Uchrashuvlarda Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida, aholi tomonidan o‘zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilib, mas’ul xodimlar ishtirokida nazoratga olinmoqda.

Byuro direktori B.B.Qudratxodjayevning Toshkent viloyatidagi sayyor qabullari 17 may kuni Bo‘stonliq tumani hamda 18 may kuni Yangiyo‘l shahrida davom ettiriladi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!