MIB 3 ming nafardan ko‘proq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig‘i chet elga chiqib ketgan

MIB 3 ming nafardan ko‘proq qarzdorni qidirmoqda. Ularning mingdan ortig‘i chet elga chiqib ketgan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining tezkor-qidiruv faoliyati natijasida joriy yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli 7 ming 800 dan ziyod jismoniy shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, shundan 4,5 mingdan (58 foiz) ortig‘i topilib, majburiy ijro harakatlari o‘tkazilgan.

Hozirda 3 ming 264 nafar qarzdor qidirilyapti, uning 2 ming 149 nafari respublika hududida yashiringan, 1 ming 115 tasi esa chet elga chiqib ketgan.

Qidiruvdagi shaxslar topilishi natijasida qarzdorlardan jami 30 mlrd 700 mln. so‘m undirildi. Shundan 22 mlrd. 800 mln. so‘mi aliment pullari hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!