Messi JCH-2022 favoritlarini sanadi

Messi JCH-2022 favoritlarini sanadi

"PSJ" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati favoritlari nomini aytdi.

“G‘alaba uchun nomzodlar haqida gapirganda, biz doimo bir xil jamoalar haqida gapiramiz. Agar kimnidir boshqalardan ustun qo‘yishim kerak bo‘lsa, Braziliya, Fransiya va Angliya boshqalardan biroz yuqoriroq deb o‘ylayman. Ammo jahon chempionati juda murakkab va chalkash turnirdir", - deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda KONMEBOL rasmiy sayti.

JCH-2022 Qatarda 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi guruhda Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan o‘ynaydi. Birinchi o‘yinda argentinaliklar 22 noyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 15.00) saudiyaliklar bilan to‘qnash kelishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!