Messi: «Anchadan buyon bunday vaziyatga tushmagandik...»

Messi: «Anchadan buyon bunday vaziyatga tushmagandik...»

Argentina milliy jamoasi forvardi Lionel Messi Saudiya Arabistonidan uchralgan sensasion mag‘lubiyatdan (1:2) keyin buni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmasligini aytdi.

«Hech narsa bahona bo‘lolmaydi. Buni oqlab bo‘lmaydi. Endi biz har galgidan ham ko‘proq jipslashamiz. Bu jamoa kuchli va buni ko‘rsatdi.

Anchadan buyon bunday vaziyatga duch kelmagandik. Endi barchamiz biz haqiqiy jamoa ekanligimizni ko‘rsatishimiz shart», - deydi «PSJ» va Argentina milliy jamoasi hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mag‘lubiyat bilan Argentina milliy jamoasining 36 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi. Shu kuni Messi jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Argentina keyingi ikki o‘yinda Meksika va Polshaga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!